Live
2
O'zbek

Giorgi Jgeranaya: «Bo‘lajak o‘yinning prinsipiallik ahamiyati juda yuqori»

Futbol
18 noyabr, 11:09
Jgerenaya bo‘lajak bellashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Giorgi Jgeranaya: «Bo‘lajak o‘yinning prinsipiallik ahamiyati juda yuqori»
Фото: Навбаҳор ПФК
20.11.2026, 08:30 O‘zbekiston Superligasi Navbahor Namangan Navbahor Namangan - : - Neftchi Fargona Neftchi Fargona

Superliganing 28-turidan o‘rin olgan «Navbahor» – «Neftchi» jamoalari o‘rtasidagi «Vodiy derbisi» doirasidagi uchrashuv arafasida «lochinlar»ning gruziyalik tajribali himoyachisi Giorgi Jgerenaya bo‘lajak bellashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Har qanday derbi o‘yinlari doimo keskin kurashlar ostida kechadi. Bunday uchrashuvlarda har bir futbolchi maydonga o‘zgacha ishtiyoq va motivatsiya bilan maydonga tushadi. Bo‘lajak bahs esa medallar taqdiriga oydinlik kiritishi bilan yanada ahamiyatli. O‘zingizga ma’lum, «Neftchi» amaldagi mamlakat chempioni hamda joriy mavsumda ham o‘z unvonini saqlab qolish uchun kurash olib bormoqda. Jamoamizda esa kumush medalni qo‘lga kiritish imkoniyati bor. Mazkur omillar sababli, bo‘lajak o‘yinning prinsipiallik jihati juda yuqori.

Juma oqshomida muxlislar shiddatli bellashuvning guvohiga aylanishadi. Biz esa maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushib, ishqibozlarga quvonch ulashish, ularning uylariga xursand holda qaytishlari uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Muxlislardan esa jamoamizni bevosita stadionga kelib, munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashlari, zafarimizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman», - deya Jgerenayaning so‘zlaridan keltiradi «Navbahor» rasmiy kanali.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar