Live
2
O'zbek

Dvalishvili: «Umar va Usmon qo'rqoqlar. Ular erkak emas»

MMA
18 noyabr, 11:55
Gruziyalik jangchi dog'istonliklardan faqat shu ikki aka-uka bilan muammosi borligini aytdi.
Dvalishvili: «Umar va Usmon qo'rqoqlar. Ular erkak emas»
Foto: Getty Images

Merab Dvalishvili Abu-Dabidagi mushtlashuvdan so'ng Umar va Usmon Nurmagomedovlarni qo'rqoqlikda, erkak emaslikda aybladi.

«Usmon va Umar — dog'istonliklar hamda musulmon xalqining yomon vakillari. Menda na dog'istonliklar, na musulmonlar bilan muammo bor. Muammo faqat shu ikki yigit bilan. Ular haqiqiy erkaklar emas, ular qo'rqoqlar.

Umardan juda qattiq xafa bo'ldim. Chunki avvalroq uni kechirgandim, ammo endi u juda katta xatoga yo'l qo'ydi»,
— deya Merabning so'zlarini keltiradi Ariel Helvani.

Avvalroq Merab bilan boʻlgan mushtlashuvda ishtirok etgan barcha shaxslar Abu-Dabida hibsdan ozod qilingani haqida xabar berilgandi.

Bugungi yangiliklar