Live
2
O'zbek

Yang: «Brununing atrofida jamoa qurishni istaysan, ammo u 33 yoshga to‘ladi»

Futbol
18 noyabr, 12:40
    6
«MYU» sobiq himoyachisi mankunianliklar sardori o‘rniga kimni sotib olish kerakligini aytdi.
Yang: «Brununing atrofida jamoa qurishni istaysan, ammo u 33 yoshga to‘ladi»
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Eshli Yang mankunianliklarga Bruno Fernandesning o‘rniga «Nottinghem Forest» yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uaytni sotib olishni taklif qildi.

«Bruno klub uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. U — jamoaning eng yaxshi futbolchisi. Ammo so‘nggi paytlarda uning yangi shartnoma imzolashdan bosh tortgani haqida ko‘plab xabarlar paydo bo‘ldi.

Bunday futbolchi atrofida jamoa qurishni istaysan. Ammo kelasi yili u 33 yoshga to‘ladi. Bilaman, yosh — shunchaki raqam, lekin hozir u faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida emas. U o‘z cho‘qqisidan o‘tdi demoqchi emasman, ammo yoshi o‘tib bormoqda.

Men Morgan Gibbs-Uaytni sotib olgan bo‘lardim. Shunchaki uning nomini aytyapman, ammo uni «o‘ninchi raqam» pozitsiyasiga taklif qilgan bo‘lardim. Jamoani aynan uning atrofida qurishni istardim»,
— deya Yangning so‘zlarini keltiradi The Sun.

Fernandesh va Gibbs-Uayt
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar