Live
2
O'zbek

«MYU»ning sobiq futbolchisi: «Jamoada bo‘lmasligi kerak bo‘lgan futbolchilar ko‘p»

Futbol
18 noyabr, 02:40
    7
Eshli Yang klubda katta o‘zgarishlar amalga oshirilishi zarurligini ta’kidladi.
«MYU»ning sobiq futbolchisi: «Jamoada bo‘lmasligi kerak bo‘lgan futbolchilar ko‘p»
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarimhimoyachisi Eshli Yang jamoaning hozirgi tarkibi va natijalarini tanqid qildi. Uning fikricha, «qizil iblislar» tarkibni qayta shakllantirishga muhtoj.

«Hozir jamoada «MYU»da bo‘lmasligi kerak bo‘lgan futbolchilar ko‘p. Ularning bu yerda o‘rni yo‘q. Yangi murabbiy tarkibdagi futbolchilarni ko‘rib, bu haqda o‘ylab ko‘radi. Menimcha, Maurisio Pochettino o‘z izini albatta qoldiradi. Bu jamoada ko‘rishni istaydigan mutaxassis», — deya Yangning so‘zlarini keltiradi MEN.

«Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining ushbu mavsumida muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda. Jamoa sakkiz ochko bilan turnir jadvalining quyi qismida, ligadan tushib ketish hududida joylashgan.

Ma'lumot uchun, «MYU» navbatdagi bahsini safarda «Liverpul»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar