Live
2
O'zbek

Jaloliddin Jumaboyev: «Tarkibdagi ko‘p o‘zgarishlar natijalarimizga ta’sir ko‘rsatdi»

Futbol
18 noyabr, 10:57
Tribuna.uz muxbiri Jumaboyev bilan suhbatlashdi.
Jaloliddin Jumaboyev: «Tarkibdagi ko‘p o‘zgarishlar natijalarimizga ta’sir ko‘rsatdi»
Фото: Динамо ПФК

«Dinamo»da bu mavsumda o‘tgan yilgiga qaraganda natijalar borasida biroz pasayish kuzatildi. Jamoa hozirda turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda. Oldinda «Bunyodkor»ga qarshi Superliga 28-tur uchrashuviga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bahs oldidan jamoaning asosiy himoyachilaridan biri bo‘lgan Jaloliddin Jumaboyev bilan suhbatlashdik.

- Jaloliddin, avvalo jamoaning keyingi tur o‘yiniga tayyorgarligi qanday ketmoqda?

- Bo‘lajak o‘yinga odatdagidek tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz.

- «Bunyodkor» bilan o‘yindan nimalar kutyapsiz?

- Maqsadimiz «Bunyodkor»ga qarshi o‘yinda maksimal darajada yaxshi o‘yin ko‘rsatib, o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan 3 ochkoni qo‘lga kiritish.

- «Dinamo» keyingi turlarda «Bunyodkor», «Neftchi» va «Surxon» bilan o‘ynaysizlar. Ayting-chi, bu o‘yinlarda necha ochko olishni maqsad qilgansizlar?

- Oxirgi uchta o‘yinimizda maksimal harakat qilib, ko‘proq ochkoga ega bo‘lish va mavsumni hozirgidan yuqoriroqda tugatishni maqsad qilganmiz.

- «Dinamo»ning bu yilgi ishtirokiga munosabatingiz qanday?

- Tarkibda ko‘p o‘zgarish bo‘ldi. Ko‘proq yoshlar bilan o‘ynadik. Shunga qaramay, mavsumni o‘ta yomon o‘tkazganimiz yo‘q. Qolgan bahslarda faqat g‘alaba qozonib, holatimizni yanada yaxshilamoqchimiz.

- «Dinamo»ning o‘tgan yilgi natijasini takrorlash uchun nimalar yetishmadi?

- Darhaqiqat, o‘tgan mavsum jamoa tarixidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazdik. Afsuski, buni ushbu mavsumda takrorlay olmadik. Yuqorida aytganimdek, jamoa tarkibida ko‘p o‘zgarishlar amalga oshirildi. Qolaversa, bir mavsum yakuniga yetmasdan ikki bor legionerlar xizmatidan foydalandik. Bular ham natijalarga salbiy ta’sir qildi.

- Neftchidagi pasayishdan keyin Dinamoda jiddiy o‘sishga erishdingiz. 2027-yilgi rejalaringiz qanday?

- Hali chempionatimiz davom etmoqda. Kelajagim borasida o‘ylab ko‘rmadim. Reja esa har doim yaxshi jamoalarda to‘p tepish va chempionlik uchun kurashish.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
Bugungi yangiliklar