Live
4
O'zbek

«Dinamo» kelasi yildan «Afrosiyob Arena»sida o‘ynamoqchi

Futbol
14 noyabr, 10:33
2026-yilda Proliga ishtirokchisi «Kattaqo‘rg‘on» aynan ushbu o‘yingohda o‘z bahslarini o‘tkazib keldi.
«Dinamo» kelasi yildan «Afrosiyob Arena»sida o‘ynamoqchi
Фото: Tribuna.uz

Samarqandning «Dinamo» klubi 2027-yildan boshlab o‘z uchrashuvlarini yangi arenada o‘tkazishni maqsad qilgan. Bu haqda klub bosh direktori Anvar Nosirov o‘z ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.

Uning ma’lum qilishicha, «ko‘hna shaharliklar» shahardagi «Afrosiyob Arena»da o‘z uy bellashuvlarini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilda Proliga ishtirokchisi «Kattaqo‘rg‘on» aynan ushbu o‘yingohda o‘z bahslarini o‘tkazib keldi.

Ma’lumot uchun, 2007 va 2011-yillarda «Dinamo» klubining uy stadioni sanalgan «Olimpiya» stadioni bir necha yil avval «Afrosiyob arena» nomiga o‘zgartirilib, ta’mirlangandi. 13 ming tomoshabin sig‘imiga ega o‘yingoh maydoni 2025-yilda «Agromir» kompaniyasi homiyligida yangilangandi.

Darvoqe, FIFA kunlari bois Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib «Dinamo» jamoasi aynan shu o‘yingohda «So‘g‘diyona»ga qarshi maydonga tushadi. Qo‘shnilar o‘rtasidagi qarama-qarshilik 15-noyabr kuniga belgilangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
Bugungi yangiliklar