Live
6
O'zbek

Risharlison «Kristal Pelas»ga o‘tishi mumkin

Futbol
14 noyabr, 10:43
Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.
Risharlison «Kristal Pelas»ga o‘tishi mumkin
Фото: Getty Images

«Tottenhem» hujumchisi Risharlison qishki transfer oynasida «Kristal Pelas» safiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ushbu transfer «burgutlar» bosh murabbiyi lavozimini «taqachilar»ning sobiq ustozi Tomas Frank egallagan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Hozirda klub daniyalik mutaxassis bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Qayd etilishicha, «Tottenhem» braziliyalik 29 yoshli futbolchini nisbatan kamroq tovon puli evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Bunga futbolchining jamoa uchun qaydnomaga kiritilmagani va shartnomasi kelasi yozda yakunlanishi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar