Live
2
O'zbek

O'rtoqlik o'yinlari. Argentina Messi ketganidan keyingi ilk bahsida Urugvayga yutqazdi, Kolumbiya Chilini avtogol evaziga mag‘lub etdi

Futbol
13 noyabr, 21:00
    19
Janubiy Amerika jamaolari o'rtasida o'zaro o'rtoqlik bahslari o'tkazildi.
O'rtoqlik o'yinlari. Argentina Messi ketganidan keyingi ilk bahsida Urugvayga yutqazdi, Kolumbiya Chilini avtogol evaziga mag‘lub etdi
Foto: Getty Images
13.11.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Argentina Argentina 1 : 2 Urugvay Urugvay

Argentina milliy jamoasi o‘rtoqlik bahsida Urugvayga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Buenos-Ayresdagi «Alberto Xose Armando» stadionida o‘tgan bellashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi.

48-daqiqada Leonardo Balerdi to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. Oradan olti daqiqa o‘tib, Maksimiliano Arauxo urugvayliklarning ustunligini oshirdi. 73-daqiqada Xulian Alvares hisobni qisqartirdi, biroq Argentina mag‘lubiyatdan qutula olmadi.

18-noyabr kuni Argentina Kosta-Rika bilan, Urugvay esa Dominikan Respublikasi bilan o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.

Shuningdek, yana bir o‘rtoqlik bahsida Kolumbiya milliy jamoasi o‘z maydonida Chilini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Kali shahridagi «Olimpiko Paskual Gerrero» stadionida o‘tgan bellashuv taqdirini bitta avtogol hal qildi.

35-daqiqada chililik himoyachi Gilyermo Maripan to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va Kolumbiya minimal ustunlikni saqlab qoldi.

Argentina — Urugvay 1:2
Gollar:
Balerdi 48 (avtogol), Arauxo 54 — Alvares 73.

Argentina: Rulli, Medina (Vega, 83), Montiel (Xyay, 83), Lisandro Martines, Balerdi, Palasios (Soule, 46), Enso Fernandes, Aleksis Mak Allister, Almada (Prestiani, 60), Niko Pas, Xulian Alvares.
Urugvay: Fyermarin, Olivera, Ronald Arauxo, Varela, Pikeres (Kaseres, 58), Kanobbio (Valverde, 58), Torreyrа (Vinyas, 76), Bentankur, Maksimiliano Arauxo (Pelyistri, 85), De Arraskaeta (Bernal, 76), Nunes (Agirre, 85).

Kolumbiya — Chili 1:0
Gol:
Maripan 35 (avtogol).

Kolumbiya: Vargas, Lukumi, Munyos, Velaskes, Sanches, Lerma, Deossa, Duran, Puerta, Suares, Arias.
Chili: Vixuru, Maripan, Ulloа, Villagra, Loyola, Pisarro, Suaso, Echeverriya, Tapia, Osorio, Gutyerres.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Urugvay Urugvay
  • Chili Chili
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

19 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar