Bugun
30
O'zbek

Argentina milliy jamoasi navbatdagi ikki bahsni 10-raqamsiz o‘tkazadi

Futbol
10 noyabr, 23:40
Messi ketganidan keyin afsonaviy raqam kimga topshirilishi borasida Lionel Skaloni hali bir qarorga kelmagan.
Argentina milliy jamoasi navbatdagi ikki bahsni 10-raqamsiz o‘tkazadi
Foto: Getty Images

Argentina milliy jamoasi Urugvay va Kosta-Rikaga qarshi navbatdagi ikkita o‘rtoqlik bahsida 10-raqamli libossiz maydonga tushadi. Ushbu raqamni ko‘p yillar davomida Lionel Messi kiyib kelgan. ESPN Argentina xabariga ko‘ra, sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibi milliy jamoani tark etganidan keyin bosh murabbiy Lionel Skaloni 10-raqamni kimga topshirishni hali hal qilmagan.

Asosiy nomzodlar qatorida «Komo» yarimhimoyachisi Niko Pas va «Inter» hujumchisi Lautaro Martines bor. Har ikki futbolchi Italiya chempionatida to‘p tepadi va Argentina milliy jamoasida Messi bilan birga o‘ynagan.

Niko Pas jamoadoshlari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda. Aleksis Mak Allister uning iqtidorini yuqori baholagan. Rodrigo De Paul va Emiliano Martines ham 10-raqamni unga topshirish mumkinligiga ishora qilgan.

Boshqa ehtimoliy nomzodlar sifatida Enso Fernandes va Xulian Alvares ham tilga olinmoqda. Shuningdek, Franko Mastantuononing imkoniyatlari ham istisno etilmayapti. Aynan u Messi ishtirok etmagan so‘nggi bahsda — 2025 yil 10 sentabr kuni Ekvadorga qarshi o‘yinda 10-raqam ostida maydonga tushgan.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi Argentina milliy jamoasi safida sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi sifatida maydonga tushgan va uzoq yillar 10-raqamli libosni kiygan.

Eslatib o‘tamiz, Messi Argentina bilan 2022 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar