Bugun
30
O'zbek

Abbos Fayzullayev: «Ko‘proq himoyaga e’tibor berganimizdan raqib unumli foydalandi»

Futbol
12 noyabr, 13:36
    13
Fayzullayev o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Abbos Fayzullayev: «Ko‘proq himoyaga e’tibor berganimizdan raqib unumli foydalandi»
Фото: ЎФА
12.11.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston O‘zbekiston 2 : 3 Rossiya Rossiya

O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi va 2:0 hisobida oldinda borayotib, yakunda g‘alabani ushlab qololmadi. Ushbu bahsdan so‘ng milliy jamoa yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev o‘z fikrlarini bildirdi.

«Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Fikrimcha, muxlislarga ham ma’qul keldi. Ammo 70-daqiqadan keyin o‘yinimizda o‘zgarish bo‘ldi va bu bizga pand berdi. Milliy jamoa yig‘iniga ko‘plab yangi o‘yinchilar qo‘shilgan. O‘rtoqlik bahsida natija muhim emas. Bunday bahslar orqali bir-birimizni tushunib boramiz. Hali o‘z ustimizda ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p.

O‘ylashimcha, himoyaga ko‘proq e’tibor qaratganimizdan raqib foydalandi. Birinchi va ikkinchi bo‘lim boshida hujumlarni ko‘paytirdik. Bunday holatda mehmonlarda gol urish uchun vaziyat yuzaga kelmagandi. Nima bo‘lganda ham o‘zimizning xatolarimiz sabab yutqazdik.

Mag‘lubiyatda bir kishini aybdor qila olmaymiz. Jamoaviy bo‘lib himoyalandik. Mag‘lubiyatdan yetarlicha xulosa qilishimiz mumkin», — dedi Fayzullayev o‘yindan keyin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Rossiya Rossiya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

13 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar