«Kristal Pelas» bosh murabbiyligidan ozod etilgan Per Saj faoliyatini yana «Lans»da davom ettirishi mumkin.
Foot Mercato ma’lumotiga ko‘ra, 47 yoshli mutaxassis va klub rahbariyati hamkorlikning asosiy shartlarini kelishib olgan. Shartnoma imzolanishi uchun ayrim tafsilotlarni hal qilish qolgan.
«Lans» Yannick Cahuzac iste’fosidan keyin yangi murabbiy izlashga kirishgan. Klub avvalroq Didier Digard va Habib Beye nomzodlarini ham ko‘rib chiqqan. Biroq Saj ingliz klubidagi lavozimidan ozod etilganidan so‘ng boshqa nomzodlar ko‘rib chiqilmaydigan bo‘ldi. Hozirda tomonlar kelishuvning moliyaviy jihatlari yuzasidan muzokara olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Saj «Lans»ni boshqargan vaqtida jamoa bilan Fransiya chempionatida 2-o‘rinni egallagan. Shuningdek, klub tarixida ilk bor mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan.