Bugun
30
O'zbek

Rasman. Skaloni Argentina milliy jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi

Futbol
12 noyabr, 15:29
    3
Kelishuv 2030-yilga qadar amal qiladi.
Rasman. Skaloni Argentina milliy jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi
Фото: Getty Images

Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni 2030-yilga qadar faoliyatini davom ettiradi. Murabbiy milliy jamoa bilan shartnomasini uzaytirdi.

«Menda xuddi ilk kundagidek g‘ayrat va ishtiyoq bor. Faoliyatimni davom ettirayotganimdan xursandman. Buning uchun minnatdorman. Endi esa biz uchun yangi bosqich boshlanmoqda», — deya Skaloni so‘zlaridan iqtibos keltiradi Argentina milliy jamoasining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi.

Ma’lumot uchun, Skaloni qo‘l ostida Argentina 2022-yilda Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionati g‘olibiga aylangan. 2026-yilgi mundial finalida esa Ispaniyaga imkoniyatni boy bergan.

Avvalroq Lionel Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlagan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar