Rossiya milliy jamoasi darvozaboni Matvey Safonov O‘zbekistonga (3:2) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«O‘zbekiston — yaxshi jamoa. Birinchi bo‘limda ayrim vaziyatlarda raqib bizdan yaxshiroq ko‘rindi, ular yaxshi pressing qilishdi. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yinni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldik. Maydonga boshqacha kuch-g‘ayrat bilan tushdik, garchi tezkor gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsak-da.
Qolgan vaqt davomida o‘yinni nazorat qildik, zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ham jamoamizni kuchaytirdi. O‘z ishimizni bajardik va bu o‘z samarasini berdi. Tanaffus paytida Karpin fikrlash tarzimizni va ruhiy holatimizni o‘zgartirishimiz kerakligini aytdi. O‘yinni o‘zgartirish uchun shuнинг o‘zi yetarli bo‘ldi», — deya Safonovning so‘zlaridan keltiradi jurnalist Aleksandr Yershov.
Ma’lumot uchun, Valeriy Karpin boshqaruvidagi Rossiya milliy jamoasi keyingi bahsini 17-noyabr kuni Krasnodar shahrida Venesuelaga qarshi o‘tkazadi.