Angliya futboli afsonasi Alan Shirer Premer-liga chempionligi uchun asosiy kurash «Arsenal» va «Brayton» o‘rtasida kechishini taxmin qilmoqda.
«Brayton» ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Ularning futboli, jumladan, Yevropa musobaqalaridagi ishtiroki ham katta taassurot qoldirmoqda. Bu holat mavsum davomida jamoaga qanday ta’sir qilishini bilmayman, ammo hozircha ular hammasini a’lo darajada uddalashmoqda. Menimcha, «Brayton» bu sur’atni pasaytirmoqchi emas», — dedi Shirer.
Ma’lumot uchun, Angliya chempionatining 10-turidan keyin «Brayton» 22 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasidan joy olgan. «Arsenal» esa 27 ochko jamg‘argan holda musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi.