Live
1
O'zbek

Pochettino «MYU»ni «Liverpul»ga qarshi bahsda boshqarishi mumkin

Futbol
12 noyabr, 08:00
Argentinalik mutaxassis «qizil iblislar»ning navbatdagi bosh murabbiyi bo‘lishga yaqin.
Pochettino «MYU»ni «Liverpul»ga qarshi bahsda boshqarishi mumkin
Foto: Getty Images
22.11.2026, 11:30 Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul - : - Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted» Maykl Kerrik bilan hamkorlikni yakunlaganidan so‘ng jamoaning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bo‘lishi kutilmoqda. Jurnalistlar Ben Jeykobs va Aleks Krukning qo‘shma xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» rahbariyatining qarorida Gleyzerlar oilasi ham muhim rol o‘ynagan.

Manbaga ko‘ra, Pochettino «MYU»ni Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida «Liverpul»ga qarshi kechadigan bahsda boshqarishi mumkin. Bellashuv 22 noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» ayni paytda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, «MYU» Maykl Kerrik bilan xayrlashganini 12 noyabr kuni rasman e’lon qilgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar