«Manchester Yunayted» Maurisio Pochettinoni jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlash bo‘yicha kelishuvni yakunlash arafasida. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, «MYU» Pochettino va uning vakillari bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Ayni paytda klub AQSH futbol federatsiyasi bilan muzokaralarni olib bormoqda.
Romano kelishuv rasman yakunlanishi uchun ko‘p vaqt qolmaganini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Pochettino hozirda AQSH milliy jamoasini boshqarib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik mutaxassis avvalroq «Tottenhem», «PSJ» va «Chelsi» klublarida ham faoliyat yuritgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi