«Liverpul» va Angliya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Angliya Premer-ligasining ushbu mavsumida «Manchester Yunayted»ning omadsiz ishtiroki haqida fikr bildirdi.
«MYU» APL turnir jadvalining quyi qismida bormoqda. Ular «Bornmut» kabi jamoalarni o‘z maydonida albatta mag‘lub etishi kerak.
Menimcha, «qizil iblislar» uchun maydon juda katta. «Old Trafford»dagi bahslarini tomosha qilganimda aynan shuni kuzataman», — deya ekspertning so‘zlarini The Touchline keltirmoqda.
Ma’lumot uchun, «MYU» Angliya chempionatining 10-turidan keyin atigi 8 ochko jamg‘argan.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» navbatdagi bahsini «Liverpul»ga qarshi o‘tkazadi. Ayni paytda jamoa turnir jadvalida quyi ligaga tushib ketish zonasida joylashgan.