Live
1
O'zbek

Roy Kin Kerrikning iste’fosi uchun qayg‘urmasligini aytdi

Futbol
12 noyabr, 05:15
    4
«MYU»ning sobiq sardori murabbiyning ehtimoliy ketishiga munosabat bildirdi.
Roy Kin Kerrikning iste’fosi uchun qayg‘urmasligini aytdi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori va yarimhimoyachisi Roy Kin Maykl Kerrikning jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

«Kerrikning ishdan bo‘shatilishi uchun qayg‘urmayman. U Joze Mourinio va Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostida ishlagan. Maykl bu jarayon qanday kechishini yaxshi tushunadi. Boshqa murabbiylar ham ishdan ayrilishadi. U jamoaga tayinlanishidan oldin buni bilgan edi», — deya irlandiyalik mutaxassisning so‘zlarini The Touchline keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, avvalroq insayder Fabritsio Romano Kerrikning «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligidan ketgani haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, «MYU» Angliya Premyer-ligasining 10-turidan keyin 8 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida quyi ligaga tushib ketish zonasida bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar