«Monako» markaziy yarimhimoyachisi Mamadu Kulibali Yevropaning ikki klubi e’tiboriga tushdi. Jurnalist Ekrem Konur xabariga ko‘ra, Madridning «Atletiko»si va «Napoli» futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Har ikki klub tarkibni yoshar tirishni rejalashtirmoqda va 22 yoshli fransiyalik futbolchi kuchaytirish variantlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Monako» yarimhimoyachisini taxminan 30 million yevroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Kulibali ushbu mavsum barcha musobaqalarda 8 ta bahsda qatnashib, 2 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.