«Manchester Yunayted» matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrik bilan hamkorlik yakunlanganini rasman ma’lum qildi.
Klub bayonotida qayd etilishicha, Kerrik yanvar oyida jamoaga qaytgan va 2025/2026 yilgi mavsumning qolgan 17 ta bahsida 12 ta g‘alabaga erishib, «MYU»ni Premyer-liganing uchinchi pog‘onasiga olib chiqqan. Ushbu davrda jamoa chempionatda boshqalardan ko‘proq ochko jamg‘argan.
«Mavsumning omadsiz boshlanishidan keyin klub oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun o‘zgarishlar zarurligi haqida murakkab qarorga keldi. Maykl Kerrik «Manchester Yunayted» afsonasi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. U futbolchilik davridagidek, murabbiylik faoliyati davomida ham yuqori darajadagi sadoqat va professionallikni namoyish etdi. Uning yetakchilik fazilatlari va o‘tgan mavsumdagi natijalari yodimizda qoladi», — deyiladi klub bayonotida.
Ma’lumot uchun, Kerrik «MYU» bosh murabbiyligiga yanvar oyida tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» doimiy bosh murabbiy tayinlash ishlarini imkon qadar tezroq yakunlashni rejalashtirmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi