Live
1
O'zbek

«MYU» Pochettino bilan og‘zaki kelishuvga erishdi (Romano)

Futbol
11 noyabr, 21:30
    18
Ayni paytda klub AQSh futbol federatsiyasi bilan muzokaralar olib bormoqda.
«MYU» Pochettino bilan og‘zaki kelishuvga erishdi (Romano)
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» AQSh milliy jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan muzokaralarda muhim kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, manchesterliklar argentinalik mutaxassisni bosh murabbiy etib tayinlashning asosiy shartlarini og‘zaki kelishib olgan. Ayni paytda klub AQSh futbol federatsiyasi bilan muzokaralar olib bormoqda.

«Manchester Yunayted» Pochettinoning amaldagi shartnomasini bekor qilish uchun 10 million dollar tovon puli to‘lash imkoniyatidan foydalanmoqchi. Shundan so‘ng murabbiyni tayinlash bo‘yicha rasmiy jarayonlar boshlanishi kutilmoqda.

Avvalroq klub rahbariyati 11-noyabr kuni Monakoda yig‘ilish o‘tkazishi xabar qilingandi. Unda amaldagi bosh murabbiy Maykl Kerrikning kelajagi muhokama qilinishi rejalashtirilgan edi.

Hozircha Pochettinoning tayinlanishi rasman tasdiqlanmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • AQSH AQSH
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

18 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar