Bugun
48
O'zbek

Gvardiola AQSH milliy jamoasini boshqarishi mumkin – manba

Futbol
11 noyabr, 15:53
AQSH futbol federatsiyasida Pep nomzodi jiddiy muhokama qilinmoqda.
Gvardiola AQSH milliy jamoasini boshqarishi mumkin – manba
Фото: Getty Images

«Manchester City»ning sobiq bosh murabbiyi Pep Gvardiola AQSH milliy jamoasi boshqaruviga kelishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu Maurisio Pochettino Maykl Kerrik o‘rniga «Manchester United»ni qabul qilib olgan taqdirda yuz berishi mumkin.

AQSH futbol federatsiyasida Gvardiola nomzodi jiddiy muhokama qilinmoqda. Avvalroq ispaniyalik mutaxassis Italiya milliy jamoasini boshqarish taklifini rad etgan va dam olishni ma’qul ko‘rgan edi.

Gvardiola «Manchester City» bilan birgalikda Angliya Kubogida uch marta, Premyer-ligada olti marta va Angliya Liga kubogida besh marta g‘olib chiqqan. Shuningdek, uning qo‘l ostida «shaharliklar» uch marta Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, «City» ispaniyalik murabbiy boshchiligida Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bir martadan g‘olib bo‘lgan.

Gvardiola murabbiylik faoliyati davomida «Barcelona» va «Bayern» bilan ham ko‘plab nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AQSH AQSH
Bugungi yangiliklar