AQSh milliy jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «Manchester Yunayted»ni boshqarish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bir nechta ishonchli manbalar argentinalik mutaxassisning Manchester jamoasiga o‘tishga qarshi emasligini tasdiqlagan.
Pochettino avgust oyida AQSh futbol federatsiyasi bilan shartnomasini uzaytirgan. Biroq kelishuvda ayrim top-klublardan taklif tushgan taqdirda murabbiyga o‘z lavozimini tark etish imkonini beruvchi maxsus bandlar mavjud.
Qayd etish lozim, «Manchester Yunayted» ayni vaqtda Maykl Kerrikning o‘rniga nomzodlar izlamoqda. Uning iste’foga chiqarilish ehtimoli tobora ortib bormoqda.
Avvalroq klub rahbariyati Eddi Hau va Yulian Nagelsmann bilan bog‘langani xabar qilingandi. Shuningdek, Antonio Konte ham manchesterliklarni boshqarishga qiziqish bildirmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi