Live
2
O'zbek

Mourinio — La Ligada oktabr oyining eng yaxshi murabbiyi

Futbol
9 noyabr, 09:03
    3
O‘tgan oy portugaliyalik mutaxassis boshchiligidagi «Real» barcha o‘yinlarda g‘alaba qozondi.
Mourinio — La Ligada oktabr oyining eng yaxshi murabbiyi
Foto: La Liga

Joze Mourinio La Ligada oktabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

«Real» bosh murabbiyi ovoz berish jarayonida «Real Sosiedad» ustozi Pellegrino Matarazzo va «Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeoneni ortda qoldirib, g‘olib bo‘ldi.

Oktabr oyida portugaliyalik mutaxassis boshchiligidagi «Real» La Liga doirasida o‘tkazilgan 3 ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi. Jamoa «Vilyarreal»ni (1:0), «Sevilya»ni (4:1) va «Barselona»ni (2:1) mag‘lub etdi.

Madrid klubi turnir jadvalida 12 ta o‘yinda 30 ochko to‘plab, «Barselona»dan (33) keyin 2-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar