Lamin Yamal tizzasidagi muammolar sabab Ispaniya milliy jamoasi ixtiyoriga bormaydi.
COPE ma'lumotiga ko'ra, «Barselona» vingeri La Liga doirasida «Atletiko»ga qarshi o'tkazilgan bahsdan (2:1) so'ng o'ng tizzasida noqulaylik his qilgan. Tibbiy tekshiruvdan keyin uning tiklanish jarayonini davom ettirishi uchun klub ixtiyorida qolishiga qaror qilingan.
Shuningdek, «Real Sosyedad» hujumchisi Mikel Oyarzabal ham grippdan davolanayotgani sabab milliy jamoa yig'iniga bormagan.
Har ikki futbolchi payshanba kuni Chexiyaga qarshi Millatlar ligasi bahsini o'tkazib yuboradi. Biroq ular 15-noyabr kuni Angliya bilan o'yinda maydonga tushishlari kutilmoqda.
Yamal tizzasidagi muammolar sabab Ispaniya yig'iniga bormadi
Futbol
9 noyabr, 09:26
8
«Barselona» vingeri Angliyaga qarshi o'yingacha tiklanishi kutilmoqda.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi