Live
1
O'zbek

Karlsen: «Abdusattorov bilan mashg‘ulotlar meni reallikka qaytardi»

Boshqalar
9 noyabr, 10:05
Norvegiyalik shaxmatchi o‘zbekistonlik grossmeyster o‘g‘liga ham yoqqanini ta’kidladi.
Karlsen: «Abdusattorov bilan mashg‘ulotlar meni reallikka qaytardi»
Foto: Getty Images

Magnus Karlsen 7-noyabr kuni UNICEF uchun tashkil etilgan xayriya jonli efirida Nodirbek Abdusattorov bilan mashg‘ulotlari, shaxmatdagi intuitsiya va kelgusi musobaqalar haqida gapirdi, deb yozadi UzChess.

Abdusattorov bilan mashg‘ulotlar haqida

«Dunyoning eng yaxshi shaxmatchilaridan biri bilan o‘ynab, biroz reallikka qaytasan», — dedi Karlsen.

Uning aytishicha, internetda ko‘plab blits partiyalarini o‘ynash ayrim zararli odatlarni shakllantiradi. Nodirbek bilan mashg‘ulotlar esa bu jihatdan foydali bo‘lgan. Karlsen, shuningdek, Abdusattorov o‘g‘lida ham juda yaxshi taassurot qoldirganini ta’kidladi.

Karlsenning aytishicha, u ko‘pincha faqat bitta nomzod yurishni ko‘rib chiqadi. Ba’zan ikki yoki uchta variantni hisoblaydi. Bundan ko‘prog‘ini izlashga to‘g‘ri kelsa, odatda pozitsiyasida muammo borligini bildiradi.

Istanbuldagi jahon chempionatiga boradimi?

Karlsen rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatining Turkiyada o‘tkazilishi uning musobaqada qatnashish ehtimolini sezilarli darajada oshirishini bildirdi. Biroq hozircha yakuniy qaror qabul qilmagan.

Shuningdek, Karlsen London tizimi haqida ham fikr bildirib, bu debyut avval o‘ylanganidan ancha boy va murakkab ekanini ta’kidladi.

Bugungi yangiliklar