Live
1
O'zbek

«Chelsi» va «Inter» Kamara uchun kurashmoqda

Futbol
9 noyabr, 09:45
Futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etmoqda.
«Chelsi» va «Inter» Kamara uchun kurashmoqda
Фото: Getty Images

«Aston Villa» tayanch yarim himoyachisi Bubakar Kamara bir qator klublar e’tiborini tortmoqda.

Fussball News nashri xabar berishicha, fransiyalik 26 yoshli futbolchiga «Chelsi» va «Inter» klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Saudiya Arabistonining «Al Hilol» jamoasi ham yarim himoyachining xizmatlariga befarq emas.

Manba ta’kidlashicha, birmingemliklar o‘z futbolchisini qo‘yib yuborishni istamayapti. Shu bilan birga, Kamara transferi bo‘yicha hozircha hech qaysi klub bilan rasmiy muzokaralar olib borilmayapti.

Ma’lumot uchun, Bubakar bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Inter Inter
Bugungi yangiliklar