«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso APLning 10-turida «Sanderlend»dan uchralgan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatga munosabat bildirdi.
«Himoyada ishonchliroq harakat qilishimiz, hujumda esa imkoniyatlardan yaxshiroq foydalanishimiz mumkin edi.
O‘yin teng kurashlar ostida kechdi. Raqib o‘z imkoniyatini kutdi va undan foydalandi. Gol o‘tkazganimizdan keyin harakat qildik, ammo yetarlicha xavfli vaziyatlar yarata olmadik.
Birinchi gol doim muhim. Bugun hisobda ortda qolgach, raqib darvozasiga jiddiy xavf sola olmadik.
Bu bizning eng yaxshi o‘yinimiz emas edi. Nazarimda, bir ochkodan ortig‘iga loyiq emas edik. Penalti vaziyatidan tashqari maydonda deyarli hech narsa sodir bo‘lmadi. G‘alaba qozonish uchun yetarlicha imkoniyat yaratmadik», — dedi Alonso.
Ma’lumot o‘rnida, «Chelsi» 16 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. «Arsenal» esa 27 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.