«Chelsi» yarimhimoyachisi Koul Palmer Angliya milliy jamoasiga qaytishi mumkin.
«Ko‘klar» yetakchisi Jahon chempionati uchun qaydnomadan joy olmagan, shuningdek, inglizlarning kuzdagi ilk yig‘inini ham o‘tkazib yuborgan edi.
Jurnalist Mett Louning ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya milliy jamoasi vakillari allaqachon «Chelsi» tibbiy shtabiga futbolchining jismoniy holati haqida ma’lumot so‘rab murojaat qilishgan. Chunki bosh murabbiy Tomas Tuxel Palmerni Millatlar ligasining yaqinlashib kelayotgan o‘yinlariga taklif qilish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.
12 noyabr kuni Angliya o‘z maydonida Xorvatiyani qabul qiladi. Uch kundan so‘ng esa safarda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.
24 yoshli Palmer milliy jamoa safidagi so‘nggi o‘yinini mart oyida o‘tkazgan.
Tuxel Palmerni Angliya milliy jamoasiga qaytarish harakatida
Futbol
6 noyabr, 03:15
1
«Chelsi» yarimhimoyachisi Angliya safidagi so‘nggi o‘yinini mart oyida o‘tkazgan.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi