Opta superkompyuteri Angliya Premyer-ligasining ushbu mavsumi yakunlari bo‘yicha prognozini yangiladi.
«Arsenal» «Liverpul» ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng turnir jadvalida yakkapeshqadamga aylandi. Londonliklar eng yaqin ta’qibchisi «Manchester Siti»dan 3 ochkoga o‘zib ketdi.
Superkompyuterga ko‘ra, «Arsenal»ning chempionlikka erishish ehtimoli so‘nggi ikki hafta ichida 40,6 foizdan 68,2 foizga ko‘tarildi.
Ikkinchi o‘rinda 18,9 foizlik ko‘rsatkich bilan «Manchester Siti» bormoqda. Kuchli uchlikni esa 6,9 foiz ehtimol bilan «Brayton» yakunlab turibdi.
Yana 4 jamoaning chempionlik imkoniyatlari quyidagicha baholanmoqda:
«Liverpul» — 3,1%
«Chelsi» — 1,5%
«Bornmut» — 0,4%
«Aston Villa» — 0,3%
Qolgan klublarda esa imkoniyat yo‘q deb baholangan.
«Arsenal»ning APL chempionligi uchun imkoniyatlari yanada oshdi (Opta)
Futbol
2 noyabr, 10:30
1
Superkompyuterga ko‘ra, g‘oliblikka faqat 7 jamoada imkoniyat bor.
Foto: Arsenal
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi