Live
5
O'zbek

Para shaxmat. Ahadxon Kimsanboyev — Osiyo chempioni

Boshqalar
2 noyabr, 09:30
O‘zbekiston vakili Bishkekda o‘tkazilgan turnirning rapid bahslarida zafar quchdi.
Para shaxmat. Ahadxon Kimsanboyev — Osiyo chempioni
Foto: UzChess Federation

O‘zbekiston para shaxmat jamoasi a’zosi Ahadxon Kimsanboyev Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan 4-Osiyo para shaxmat chempionatining rapid bahslarida 1-o‘rinni egalladi, deb xabar beradi Uz Chess Federation.

O‘zbekiston vakili 5 ta tur yakuniga ko‘ra 4,5 ochko jamg‘arib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Kimsanboyev yozda Bolgariyaning Sofiya shahrida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan IV IBSA Jahon chempionatida ham zafar quchgandi.

Bugungi yangiliklar