«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslayi mersisaydliklar uchun APLda qaysi natija muvaffaqiyatli hisoblanishi haqidagi savolga javob berdi.
«Shubhasiz, Premer-ligada g‘olib chiqish biz uchun eng yaxshi natija hisoblanadi. Axir, biz — «Liverpul»miz. Klubimiz har doim chempionlik uchun kurash olib boradigan jamoalar qatorida bo‘lishi kerak. Bizning ruhiyatimiz shunday», — deya vengriyalik futbolchining so‘zlaridan keltiradi insayder Fabritsio Romano.
Eslatib o‘tamiz, mersisaydliklar APLning 9-turida «Arsenal»ga yutqazib qo‘ydi. Bu natijadan so‘ng jamoa 9 ochko bilan turnir jadvalida 5-pog‘onada bormoqda. Peshqadam «Arsenal»dan 9 ochkoga ortda qolmoqda.