Bugun
31
O'zbek

Iraola: «Biz gol urishga loyiq edik»

Futbol
1 noyabr, 23:50
Mutaxassis «Arsenal»dan uchragan mag‘lubiyatga qaramay, jamoasining hujumkor harakatlarini e’tirof etdi.
Iraola: «Biz gol urishga loyiq edik»
Foto: BBC
01.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul 0 : 1 Arsenal Arsenal

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola APLning 9-turida «Arsenal»ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatga qaramay, jamoasining harakatlaridan qoniqish hosil qilganini aytdi.

«Albatta, bugun boshqacha natija qayd etishni istagandik. Ayniqsa, o‘yinning boshidagi xatolarimiz uchun o‘zimiz aybdormiz.

Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin, ehtimol, himoya qilishga arziydigan narsa qolmagandir. Shu bois erkinroq va jasurroq o‘ynay boshladik.

Menimcha, birinchi bo‘limda o‘yinning borishini o‘zgartirdik va uni yaxshi yakunladik. Ikkinchi bo‘limda esa hisobni tenglashtirishga harakat qildik, ammo gol ura olmadik.

Imkoniyatlarimiz bo‘ldi, to‘pni darvoza to‘siniga ham tekkizdik. Biroq vaziyatlardan foydalana olmadik. Biz, albatta, gol urishga loyiq edik.

O‘tkazib yuborilgan goldan keyin futbolchilarimizning reaksiyasi menga yoqdi. O‘yinimizda menga ma’qul bo‘lgan jihatlar ko‘p bo‘ldi. Shu ruhda davom etishimiz kerak.

Mavsum endi boshlandi. «Arsenal» hozir qulay vaziyatda, ammo hali noyabr oyining boshi. Oldinda ko‘plab uchrashuvlar bor», — dedi Iraola.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» o‘z maydonida «Arsenal»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdagi yagona golni Kay Haverts kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar