«Liverpul» tajribali himoyachi Virjil van Deykning o‘rniga nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. The Daily Briefing jurnalistlari xabariga ko‘ra, mersisaydliklar Dortmundning «Borussiya» klubi vakili Niko Shlotterbek hamda «Nottinghem Forest» himoyachisi Murilloga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati ushbu ikki futbolchini van Deykning ehtimoliy o‘rinbosarlari sifatida ko‘rmoqda. Niderlandiyalik futbolchi 2018-yildan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli van Deykning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil iyun oyi oxirida yakunlanadi. Transfermarkt portali himoyachining bozor qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, van Deyk ushbu mavsum Angliya Premyer-ligasi doirasida sakkizta bahsda maydonga tushgan va ikkita sariq kartochka olgan.