O‘zbekiston Superligasining 26-turida OKMK Toshkentda «Lokomotiv»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bahsdagi hisob 1-daqiqadayoq ochildi: Aziz Xolmurodov mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 11-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqov penaltidan gol urib, muvozanatni tikladi.
G‘alaba to‘pini 90+1-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Siyavash Haqnazari kiritdi. Unga Ali Abdurahmonov assistentlik qildi.
Ushbu natijadan so‘ng OKMK 45 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Lokomotiv» esa 40 ochko bilan 7-pog‘onada qoldi.
Superliga. 26-tur
Lokomotiv — OKMK 1:2
Gollar: Abduxoliqov 11 (pen.) — Xolmurodov 1, Haqnazari 90+1 (Abdurahmonov).
Ogohlantirishlar: Turdialiyev 60, Karimov 88, Mirzayev 90+1.
Lokomotiv: Kozlov, Tupliyev (Abraev, 71), Abduxoliqov, Shushnyar, Mirzayev, Kucherenko, Poyonov, Turopov (Reimov, 80), Zoteev, Nishich, Yaxshiboyev (Shodiboyev, 71).
OKMK: Abdunabiyev, Qosimov (Haqnazari, 65), Papava, O‘lmasaliyev, Turdialiyev (Ahmadaliyev, 65), Xolmurodov (Abdurazzoqov, 65), Sobirjonov (Tursunqulov, 85), Muqumjonov, Sentoku, Karimov, Peshich.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi