Live
19
O'zbek

Elit OCHL. «Traktorsozi» — «Neftchi». Jamoalarning qanday liboslarda o'ynashi ma’lum

Futbol
1 noyabr, 08:30
Farg‘onaliklar Eron klubiga qarshi bahsda oq-qora libosda maydonga tushadi.
Elit OCHL. «Traktorsozi» — «Neftchi». Jamoalarning qanday liboslarda o'ynashi ma’lum
Foto: Neftchi FK
02.11.2026, 11:00 Osiyo Chempionlar Ligasi Tractor Tractor - : - Neftchi Fargona Neftchi Fargona

Elit Chempionlar ligasining 4-turi doirasida «Traktorsozi» va «Neftchi» jamoalari o‘rtasidagi bahs oldidan tashkiliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbir Maskat shahridagi «Radisson Hormuz» mehmonxonasining anjumanlar zalida tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida ertangi bellashuvga oid tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Unda jamoalarning o‘yin liboslari ham tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, «Neftchi» oq-qora, Eronning «Traktorsozi» klubi esa qizil-qora rangli liboslarda harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Traktorsozi» — «Neftchi» bellashuvi 2-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tractor Tractor
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Bugungi yangiliklar