Live
3
O'zbek

Elit OChL. «Traktor» — «Neftchi» uchrashuvi rasmiylari tayinlandi

Futbol
30 oktabr, 12:05
    9
Hakamlar brigadasining barcha a’zolari Janubiy Koreyadan bo‘ladi.
Elit OChL. «Traktor» — «Neftchi» uchrashuvi rasmiylari tayinlandi
Foto: Getty Images
02.11.2026, 11:00 Osiyo Chempionlar Ligasi Tractor Tractor - : - Neftchi Fargona Neftchi Fargona

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasining 4-turidan o‘rin olgan «Traktor» — «Neftchi» uchrashuvi rasmiylari ma’lum bo‘ldi. Osiyo futbol konfederatsiyasi ushbu bahsga janubiy koreyalik hakamlar guruhini tayinladi.

Uchrashuv 2 noyabr kuni Ummon poytaxti Maskatdagi «Sulton Qobus» sport majmuasida o‘tkaziladi. Bosh hakam vazifasini Choy Hyon Jay bajaradi. Yordamchi hakamlar Jang Jun Pil va Chon Jin Xi bo‘ladi. Zaxira hakami etib janubiy koreyalik Chxe San Xyop belgilandi.

Video yordamchi hakam (VAR) sifatida Kim Usung ish olib boradi, unga Choy Chxol Jun yordam beradi. Shu tariqa, maydondagi hakamlar hamda video yordamchi hakamlar brigadasining barcha a’zolari Janubiy Koreyadan bo‘ladi.

Qayd etish lozim, ayni vaqtda farg‘onaliklar musobaqada 3 ochko jamg‘argan holda 9-o‘rinni band etib turibdi. Jamoa 3-turda Saudiya Arabistonining «Al Ittihod» klubiga mag‘lub bo‘lgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tractor Tractor
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar