Madridning «Real» klubi qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold Tumanli albionga qaytishi mumkin. «Liverpul» sobiq futbolchisini o‘z tarkibiga qaytarishga qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar sobiq futbolchisini ijaraga olishlari ham mumkin.
Cadena Ser ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuvga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan ikkita faktor bor: Trentning «Real»dagi yuqori maoshi, shuningdek, uning vatandoshi Jud Bellinghem bilan do‘stona munosabatlari.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr-Arnold o‘tgan yozda «qirollik klubi» safiga ko‘chib o‘tgandi. Futbolchining amaldagi shartnomasi-2031-yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Angliya milliy jamoasi himoyachisining aktual transfer narxini 60 million yevroga baholamoqda.