Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti JCH-2026dagi muvaffaqiyatsiz o‘yindan so‘ng, milliy jamoani qayta qurish haqida gapirdi.
«Biz jamoani yangilash jarayonini boshladik va hozir buning uchun to‘g‘ri vaqt. Sentyabr oyidayoq yosh futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkaza boshladik va endi biz Braziliya milliy jamoasining kelajagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yigitlarni baholashda davom etamiz. Biz muvozanatli tarkibni shakllantirdik. Unda to‘qqiz nafar olimpiya yoshidagi futbolchi va 23 yoshgacha bo‘lgan 15 nafar futbolchi bor. Shu bilan birga, biz yangi siklda muhim bo‘ladigan so‘nggi jahon chempionatining besh nafar ishtirokchisini saqlab qoldik», - deya Anchelotti so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sport.es.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida braziliyaliklar Yaponiya va Singapur milliy jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.