Turinning «Yuventus» klubi safida to‘p tepayotgan vinger Kenan Yildiz Angliya Premer-ligasining top-klublaridan biriga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Teamtalk xabar berdi.
Londonning «Arsenal» klubi turkiyalik yulduz bilan shartnoma imzolashni niyat qilgan. «To‘pchilar» transferni yakunlash uchun eng yaxshi holatda. Yildizning transferi Angliya chempioniga 150 million yevroga tushishi mumkin, bu esa klub uchun rekord shartnomaga aylanadi.
Ayni damda «Arsenal»ning rekord transferi boshqa bir yarimhimoyachi Deklan Rays hisoblanadi. Angliya milliy jamoasi a’zosining transferi Londonning top-klubiga taxminan 122 million yevroga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» APL yangi mavsumi 8-turidan keyin 21 ochko bilan jadvalning ikkinchi pog‘onasini egallab turibdi.