Live
1
O'zbek

Lisandro Martines «MYU»dan ketmoqchi

Futbol
30 oktabr, 07:01
    12
Argentinalik himoyachi manchesterliklar safini tark etishi mumkin.
Lisandro Martines «MYU»dan ketmoqchi
Foto: Gettyimages

«Manchester Yunayted» klubining argentinalik himoyachisi Lisandro Martines jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Mark Brus xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining xizmatlariga Italiya A Seriyasining bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda. Ammo himoyachiga eng jiddiy qiziqish «Atletiko Madrid» tomonidan bo‘layotganligi qayd etilgan.

Yangi mavsumda Martines barcha musobaqalarni inobatga olgan holda to‘qqizta bellashuvda qatnashib, 1 ta gol urdi.

Ma’lumot uchun, Martinesning «qizil iblislar» bilan amaldagi mehnat-shartnomasi-2027-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Mashhur Transfermarkt portali argentinalik futbolchining aktual transfer narxini 45 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 8-turdan keyin bor yo‘g‘i 7 ochko to‘plagan «Manchester Yunayted» APL musobaqa jadvalining 16-pog‘onasidan o‘rin egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar