Live
1
O'zbek

Enso Fernandes: «River Pleyt»ga qaytishni istayman»

Futbol
30 oktabr, 07:51
«Siti» yarimhimoyachisi o‘zi uchun Yevropaga yo‘l ochgan klubga kelajakda qaytish istagi borligini ma’lum qildi.
Enso Fernandes: «River Pleyt»ga qaytishni istayman»
Foto: Gettyimages

Angliyaning «Manchester Siti» klubi yarimhimoyachisi Enso Fernandes kelajakda Argentinaning «River Pleyt» jamoasi tarkibiga qaytishni istashini ma’lum qildi. Futbolchi aynan shu klub safidan-2022-yilda Yevropaga yo‘l olgan edi.

«Kun kelib men «River Pleyt»ga qaytishni xohlardim. Bu haqda bir necha bor aytganman va ishonchim komil, vaqti kelib, bu amalga oshadi. Bu men chindan istaydigan narsa. Biroq bugun men «Manchester Siti»daman. Oldinda hali uzoq yo‘l kutib turibdi», — deya Fernandes so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sport Witness.

Yozgi transferlar oynasi davrida Fernandes «Chelsi»dan «Manchester Siti» safiga ko‘chib o‘tdi. Transfer summasi 145 million yevroni tashkil qildi.

Ma’lumot uchun, «shaharliklar» safida 25 yoshli yarimhimoyachi 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta assist muallifiga aylandi.

Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar