Live
1
O'zbek

«Siti» Sherkiga narx belgiladi

Futbol
30 oktabr, 06:34
«Shaharliklar» ispan grandlari qiziqish bildirayotgan yarimhimoyachisi narxini ma’lum qildi.
«Siti» Sherkiga narx belgiladi
Foto: Gettyimages

«Manchester Siti» Yevropaning ikki giganti uchun qiziq bo‘lgan yarimhimoyachi Rayan Sherkining narxini ma’lum qildi. Bu haqda Caughtoffside nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli fransiyalik futbolchining xizmatlariga «PSJ» va Madridning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda. Aytilishcha, har ikki klub qishki transfer oynasi oldidan yarimhimoyachini kuzatib bormoqda. Ta’kidlanishicha, «shaharliklar o‘z futbolchisini 90 million yevroga baholamoqda.

Ushbu mavsumda Sherki barcha musobaqalarni inobatga olganda 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va oltita gol urib, uchta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Sherkining «Manchester Siti» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, «shaharliklar» APL 8-turidan keyin 21 ochko to‘plagan holda jadvalda yetakchilik qilishmoqda. Londonning «Arsenal» klubi hisobida ham xuddi shuncha ochko mavjud.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar