«Manchester Siti»ning 19 yoshli yarimhimoyachisi Ayub Buaddi Angliya Premyer-ligasida bir statistik ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Gradient Sports ma’lumotlariga ko‘ra, marokashlik futbolchi raqib bosimi ostida amalga oshirgan paslarining 93,3 foizida aniqlikka erishgan.
Ushbu natija chempionatda kamida 60 ta pas uzatgan futbolchilar orasida eng yuqorisi hisoblanadi.
Buaddi yozgi transfer oynasida «Manchester Siti» safiga qo‘shilgan. U ushbu mavsumda barcha turnirlarda sakkizta bahsda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» 31-oktyabr kuni APLning 9-turida «Brayton»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi