«Inter» «Liverpul» hujumkor yarimhimoyachisi Federiko Kyeza transferi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshladi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Italiya klubi 29 yoshli vinger bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «Liverpul» esa futbolchining transfer qiymatini 15 million yevro deb belgilagan.
Kyeza ushbu mavsumda Angliya Premyer-ligasida bor-yo‘g‘i bitta bahsda maydonga tushdi. Shu sababli italiyalik futbolchining qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Kyezaning «Liverpul» bilan shartnomasi 2028-yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.