«Barselona» «Chelsi» vingeri Estevao Uilyanning vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda. Diario Sport ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi London klubida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sababli qishki transfer oynasida ijara asosida boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.
Manba xabariga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi yanvar oyida «Chelsi» rahbariyatidan uni ijaraga qo‘yib yuborishni so‘rashi ehtimoli bor. «Barselona» esa ushbu vaziyatdan foydalanishga tayyor. Kataloniyaliklar sport direktori yosh futbolchining iste’dodini anchadan beri yuqori baholab keladi.
Ma’lumot uchun, Estevao ushbu mavsumda barcha turnirlarda «Chelsi» safida sakkizta bahsda maydonga tushgan, biroq hozircha gol yoki golli uzatma qayd etmagan.