Proliganing 20-turidan qoldirilgan bahsda «Olimpik MobiUz» safarda «Kattaqo‘rg‘on»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. 11-daqiqada Igor Kozlov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq 38-daqiqada Begis Kuanishbayev muvozanatni tikladi, 73-daqiqada esa Daler Tuxsanov g‘alaba golini urdi.
Ushbu natijadan so‘ng «Olimpik MobiUz» 42 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Kattaqo‘rg‘on» esa 40 ochko bilan 7-o‘ringa tushib qoldi.
Proliga. 20-turdan qoldirilgan bahs
Kattaqo‘rg‘on — Olimpik MobiUz 1:2
Gollar: Kozlov 11 — Kuanishbayev 38, Tuxsanov 73.
Kattaqo‘rg‘on: Lukyanov, Ashurov, Narx, Saitxonov, Sharipov, Kozlov, Sattorov, Zoirov, Hoshimov, Jumayev, Mamatkazin.
Olimpik-MobiUz: Kudratov, Hamidov, Bahodirov, Rahimov, Maxamatov, Abdurashidov, Tojiboyev, Fayzullayev, Kuanishbayev, Kim, Abdumanonov.