Proliga 24-turidan o‘rin olgan bahsda BuxDU «Paxtakor-2»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. 13-daqiqada Akobir To‘rayev hisobni ochdi. 83-daqiqada Ahror Murodov ustunlikni oshirdi, oradan uch daqiqa o‘tib esa To‘rayev dubl qayd etdi.
«QMU Jayxun» va «Respublika FA» o‘rtasidagi bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Abdulvosid Soliyev 9-daqiqada, Asilbek Abdurasulov esa 31-daqiqada mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 78-daqiqada Asadbek Mustafaqulov farqni qisqartirdi, 90+4-daqiqada Makset Kalbayev «Jayxun»ga durang keltirgan golni urdi.
Ushbu natijalardan so‘ng «Respublika FA» 30 ochko bilan 9-o‘rinda, «QMU Jayxun» 24 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. BuxDU 16 ochko bilan 12-o‘rinni, «Paxtakor-2» esa 13 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.
Proliga. 24-tur
Paxtakor-2 — BuxDU 0:3
Gollar: To‘rayev 13, Murodov 83, To‘rayev 86.
QMU Jayxun — Respublika FA 2:2
Gollar: Mustafaqulov 78, Kalbayev 90+4 — Soliyev 9, Abdurasulov 31.