Pro liga 24-turi doirasida Samarqandda boʻlib oʻtgan «Kattaqoʻrgʻon» - «Lochin» (4:4) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullayev jamoasining Superligaga chiqish imkoniyati haqida gapirdi.
«Magʻlubiyatga uchray turib, jangovar durang qayd etdik. Yigitlar xarakter koʻrsatishdi. Muxlislar bizni qoʻllab-quvvatlashdi. «Lochin» yaxshi jamoa ekan. Ishlashda davom etamiz va standartlardan nega bunchalik koʻp gol oʻtkazib yuborganimizni tahlil qilamiz.
«Metallurg» bilan oʻyindagi texnik magʻlubiyat? Bilishimcha, klub zarur ishlarni bajargan. Ammo yakunda shunday boʻldi. Reglamentga barcha rioya qilishi kerak. Menda ham koʻp savollar bor. Oʻylaymanki, rahbariyatimiz kerakli xulosani chiqaradi va aybdorlar oʻz jazosini oladi. Bunday boʻlishi juda gʻalati koʻrinmoqda.
«Orol» ilk yoʻllanmaga ega chiqdi? Biz hali umidni yoʻqotganimiz yoʻq. Bugungi gʻalaba orqali pley-offda qatnashadigan top-beshlikka kirib olmoqchi edik. Qolgan 4 ta oʻyinda pley-off setkasidan joy olish uchun qoʻlimizdan keladigan barcha ishni qilamiz. Umid eng oxirida oʻladi, deyishadi. Oxirigacha kurashamiz», - deya «Kattaqoʻrgʻon» bosh murabbiyi Ilyos Zeytullayevning soʻzlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
«Umid eng oxirida oʻladi» – Ilyos Zeytullayev 4:4 hisobi va «Kattaqoʻrgʻon»ning Superligaga yoʻllanma olish imkoniyati haqida
Futbol
18 oktabr, 15:15
Samarqand klubi ustozi «Lochin»ga qarshi jangovar durangdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
Foto: UzPFL
18.10.2026
FT
Pro Liga
Kattaqurgon
4
:
4
Lochin