Live
3
O'zbek

Alexandro Davidovich-Fokina faoliyatida ilk bor «Masters» musobaqasida g‘olib bo‘ldi

Tennis
18 oktabr, 13:50
Dunyoning 26-raketkasi hamyurti Rafael Xodarni mag‘lubiyatga uchratdi.
Alexandro Davidovich-Fokina faoliyatida ilk bor «Masters» musobaqasida g‘olib bo‘ldi
Foto: Gettyimages

Ispaniyalik tennischi, dunyoning 26-raketkasi Alexandro Davidovich-Fokina faoliyatida ilk bor «Masters» turnirida g‘olib chiqdi. Bugun, 18-oktyabr kuni Xitoyning Shanxay shahrida bo‘lib o‘tgan chempionlik bahsida hamyurti Rafael Xodarni 1:6, 7:6 (7:5), 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ma’lumot uchun, Davidovich-Fokina uchun Shanxaydagi sovrin faoliyatidagi va mavsumdagi uchinchi sovrin bo‘ldi. Ispaniyalik finalda 0:5 hisobidan boshladi va shundan so‘ng irodali g‘alabaga erishdi. Ushbu yilning boshida Alexandro Chengdu va Mallorkadagi ATP-250 musobaqalarida chempion bo‘lgan edi.

Turnir Xitoyning Shanxay shahrida 7 — 18-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning o‘tgan yilgi chempioni Valanten Vashero edi. Chempionlik uchun kechgan bahsda u fransiyalik Artur Rinderknechtni mag‘lub etgan.

Bugungi yangiliklar